Qidiruvdagi “Bonu” Istanbulda qoʻlga olindi
Turkiyada qoʻlga olingan qidiruvdagi oʻzbekistonlik ayol mamlakatga deportatsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, u 1987-yilda tugʻilgan Barno Inoyatova (taxallusi Bonu) boʻlib, firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024-yildan buyon qidiruvda boʻlgan. Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qoʻlga olingan ayol 12-avgust kuni bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish soʻraldi.
Bosh konsulxona soʻnggi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan ularga aldanib qolishdan ogoh boʻlishga chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring