Qator mamlakatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim yoʻlga qoʻyiladi
2021-yilning 1-martidan boshlab Bahrayn Qirolligi, Qatar, Kuvayt, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, jumladan XXRning Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim yoʻlga qoʻyiladi.
Bunda ushbu mamlakatlar fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatga oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilishlari kerak boʻladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil fevral oyidagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida shu haqida maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring