Qashqadaryoda taksi toʻxtatayotgan piyodani mast haydovchi urib ketdi
Foto: yhxbb_uz
Joriy yilning 14-may kuni soat 11:15 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tuman, Uzunnova qishlogʻidan oʻtuvchi “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlida YTH sodir boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.
Yaʼni “Paz 3742” avtobusini boshqarib kelayotgan mast haydovchi yoʻl chetida taksi toʻxtatmoqchi boʻlib turgan fuqaroni urib yuborgan.
Maʼlum boʻlishicha 1975-y.t. B.Ya. (erkak) shirakayf boʻlgan haydovchi “Paz 3742” rusumli transport vositasida “KAR-VASH” nomli yoqilgʻi quyish shoxobchasidan qaytib chiqayotgan boʻlgan. Shu vaqtda orqaga harakatlanayotganda yoʻlning chetida taksi toʻxtatish maqsadida turgan 1995-y.t. D.R.ni koʻrmay qolgan.
Natijada, piyoda D.R. (erkak) ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qarshi tuman IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yoʻl harakati ishtirokchilaridan yoʻllarda harakatlanganda yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini, haydovchilar transport vositasini mastlik holatida boshqarmasliklarini soʻrab qolamiz“, deyiladi xabarda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring