Qashqadaryoda tadbirkorning 1 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan korxona rahbari ushlandi

16:01 11 Yanvar 2022 Jamiyat
998 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻuzor tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.T.” AJ rahbari U.D. tadbirkor Sh.ning ishonchiga kirib, korxonaning 1,2 mlrd soʻmga baholanib, auksion orqali sotuvga qoʻyilgan ishlab chiqarish binosini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali arzon narxda olib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida U.D. tomonidan 1 000 AQSH dollarini ixtiyoriy qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер