Qashqadaryoda “Simob” moddasini pullayotgan shaxslar ushlandi

13:35 09 Iyul 2020 Jamiyat
1932 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.U. fuqaro X.ga 625 gramm “Simob” moddasini 3 000 AQSH dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, “Simob” moddasini muomalaga kiritgan shaxslarni aniqlash maqsadida, fuqaro Sh.U.ning koʻrsatuvlariga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, Qarshi tumanida yashovchi tanishi X.B. Sh.U.ga yana 50 gramm “Simob” moddasini 900 ming soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan, Sh.U. va X.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 1851-moddasi va 2511-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер