Qashqadaryoda qoʻylari koʻchatlarni shikastlagan fuqaro 17 mln soʻm jarimaga tortildi
Qashqadaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt koʻchatlari orasiga qoʻylarni haydagan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilishicha, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Qarshi tuman boʻlimi xodimlari tomonidan turli hududlarda reyd tadbiri oʻtkazilgan. Tadbir davomida Qarshi tumani “Mangʻit” MFY hududida fuqaro O. B. tomonidan 50 bosh mayda shoxli mollarni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt koʻchatlari orasiga haydab, koʻchatlarga shikast yetkazgani aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi (Oʻsimlik dunyosi obyektlarini yigʻish shartlarini buzish) 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O. B. BHMning 50 baravari (17 mln soʻm) miqdorida jarimaga tortilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring