Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan oʻsimlikni kesib tashlagan tadbirkor tabiatga 1 mlrd. soʻmdan ortiq zarar yetkazdi
Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida tuman Ekologiya boʻlimi ishchi guruhi tomonidan tezkor reyd tadbiri oʻtkazildi.
Reyd davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan “Torqopchigʻoy” massivi oʻrmon xoʻjaligi hududida 2532 ta tojik kavragi oʻsimligiga zarar yetkazilganligi, ildiz qismlari kovlanib, kesilganligi aniqlandi.
Holat natijasida oʻsimlik dunyosiga jami 1 mlrd. 253 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Maʼlumot uchun, tojik kavragi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar toʻplanib, prokuraturaga yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring