Qashqadaryoda “Mercedes-Benz” va “Labo” toʻqnashuvida ikki kishi halok boʻldi
Foto: Qashqadaryo viloyati YHXB
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Haydovchi B.T. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi “Labo” bilan toʻqnashgan.
YTH оqibatida “Labo” ichida boʻlgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan.
Manbaga koʻra, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring