Qashqadaryoda kitobxonlik haftaligiga start berildi

10:46 22 Aprel 2025 Jamiyat
445 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Sayido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida anʼanaviy V respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, haftalikdan koʻzlangan asosiy maqsad aholining kitoblarga boʻlgan mehri va qiziqishini oshirish, bilimdon yoshlarni ragʻbatlantirish kichkintoylar qalbiga ilm-maʼrifatga mehr uygʻotishdan iboratdir.

— Bugun viloyatimizda axborot-kutubxona markazlari bilan bir qatorda, maktab va mahalla kutubxonalari, uy kutubxonalarining ham faolligi oshib bormoqda, — deydi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Usmon Nusurov. — Bu kabi tadbirlar esa aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirishga qaratilgani bilan eʼtiborga molik.

Tadbirda haftalik doirasida oʻtkaziladigan turli loyihalar, kitobxonlik kechalari, tanlov va koʻrgazmalar haqida keng maʼlumot berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер