Qashqadaryoda yiliga qoʻshimcha 61 ming tonna propan-butan aralashmasi ishlab chiqaradigan loyiha amalga oshirilmoqda

19:18 29 May 2020 Iqtisodiyot
967 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “2020-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, «Oʻzbekneftgaz» AJ tomonidan Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida mavjud uchta propan-butan aralashmasini olish qurilmasini (UPPBS-3/1,2,5) modernizatsiya qilish” boʻyicha qiymati 49,0 mln. dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish departamenti maʼlumotiga koʻra, Loyiha mavjud propan-butan aralashmasini olish qurilmalarida yiliga qoʻshimcha 61,0 ming tonnagacha propan-butan aralashmasi ishlab chiqarishga va buning asosida ichki bozorda ushbu mahsulotga oshib borayotgan talabni qondirishga qaratilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun Ukrainaning «Sumskoye NPO», Rossiyaning “KMPO”, “NIPI NG PETON”, «Elektrostandart-pribor», Shveysariyaning “Endress+Hauser” va boshqa chet el zavodlarida ishlab chiqarilayotgan uskunalarni import asosida xarid qilish koʻzda tutilgan.

Uskunalar boʻyicha tayyorlash ishlari boshlangan boʻlib, hozirda siquv kompressori stansiyasining bir nechta almashuvchi ichki qismlari, boshqaruv klapanlari va oʻlchov va avtomatika uskunalari, past kuchlanishli elektr uskunalari, suyultirilgan gazni saqlash sigʻimlari, separatorlar, laboratoriya jihozlari kabi uskunalar olib kelindi.

Bugungi kunda Bosh pudratchi — «Muborakneftgazmontaj» MCHJ tomonidan qurilish ishlarining 17 foizi bajarilib boʻlindi hamda qurilish-montaj ishlarini toʻliq yakunlash esa joriy yilning sentyabr oyiga rejalashtirilgan.

“Eslatib oʻtamiz, koʻp sonli ishchilar ushbu loyiha qurilishida karantin qoidalariga toʻla rioya qilgan holda qurilish-montaj ishlarini bajarishmoqda” deyiladi «Oʻzbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер