Qashqadaryoda ayollar kiyimida yurgan erkak qoʻlga olindi
Videodan kadr
Qashqadaryo viloyatida qidiruvga berilgan 26 yoshli erkak qoʻlga tushmaslik uchun ayollar kiyimini kiyib yurgan vaqtida qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi 26 yoshli R.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan qidiruv eʼlon qilingan.
U koʻchada harakatlanish vaqtida huquq-tartibot idoralaridan, shuningdek, oʻz tanishlaridan ham yashirinishga uringan holda tashqi koʻrinishini oʻzgartirib, ayollar kiyimini kiyib yurgan.
Biroq mazkur shaxsning xatti-harakatlari patrul-post xizmati xodimlarida shubha uygʻotgan. Tekshiruv davomida uning shaxsiga aniqlik kiritilganida u qidiruvda ekani maʼlum boʻlgan.
Hozirda u qoʻlga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring