Qashqadaryoda 751 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Qashqadaryo viloyatida 751 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumani “Paxtazor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. R. tijorat maqsadida gaz hisoblagichsiz tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 751 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring