Qashqadaryoda 30 marotaba qoida buzgan Malibu MIB xatloviga oʻtdi
Foto: MIB axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida 30 marotaba qoida buzgan Malibu avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Bildirilishicha, fuqaro S.M. Malibu avtotransport vositasi orqali koʻp marotaba qoidabuzarlik sodir etgan. Bugungi kunda Byuroning Kitob tuman boʻlimi ish yurituvida S.M.ning 30 ta jami 20 mln. soʻmlik maʼmuriy jarimalarni undirish bilan bogʻliq ijro hujjatlari mavjud.
“Qarzdor jarimalarni boʻlim davlat ijrochisining ogohlantirishlariga qaramasdan belgilangan muddatlarda toʻlab bermagan. Shu bois, majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga tegishli avtomashina xatlab olindi va jarima maydonchasiga joylashtirildi”, deydi MIB matbuot kotibi Farrux Toshpoʻlatov.
Qoʻshimcha qilinishicha, kelgusida qarzdorlik toʻliq bartaraf etilmasa, xatlangan avtomashina onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring