Qashqadaryoda 15 yoshli qiz bedarak yoʻqoldi 

12:39 13 Iyul 2021 Jamiyat
2014 0

Shahrisabz shahar Kunchiqar MFY, Osiyo koʻchasi 96-uyda yashagan, 2006-yil 13-oktyabr kuni tugʻilgan Ixtiyorova Eʼzoza Ixtiyor qizi 2021-yil 2-iyul kuni yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yoʻqoldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Alohida belgilari: boʻyi 165-170sm, bugʻdoy rangli, sochi qora, yuzi yumaloq, koʻzlari oʻrtacha kattalikda boʻlib qora rangda, kipriklari kalta, qoshlari qalin qora rangda, ozgʻindan kelgan, quloqlari oʻrtacha kattalikda, burni oʻrtacha kattalikda, lablari ingichka.

Egnidagi boʻlgan kiyimlari: qizil «paplin» koʻylagi, oq koftasi, toʻqilgan koʻrinishdagi qora rangdagi tuflisi (makas) boʻlgan.

Ushbu shaxs toʻgʻrisida maʼlumotga ega shaxslardan 75-522-77-77, 75-522-78-15, 99-580-82-90 raqamlariga yoki yaqin oradagi IIBga xabar berish soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер