Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

16:46 03 Yanvar 2024 Jamiyat
880 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan viloyat YHHB xodimlari bilan hamkorlikda “Umakay” YPX maskanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Qarshi-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro S.Sh. xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 225 kg iste’molga yaroqsiz qoramol go‘shtini o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер