Qashqadaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishini oʻrganish natijalari muhokama etildi
Joriy yil 24 oktyabr kuni parlament yuqori palatasining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi majlisida Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Xususan, senatorlar Qashqadaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining samarali amalga oshirilishini oʻrganish natijalariga alohida toʻxtalib oʻtdilar.
Taʼkidlanganidek, Qashqadaryo viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash va bandlik dasturlari ijrosini taʼminlash, tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish hamda viloyatning tarixiy qiyofasini yanada koʻrkam va obod qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgan.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan (4-bosqich) 87,8 mingdan ziyod xotin-qizning 86,1 mingiga (98 foiz) ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatilgan. Ushbu maqsadda “Ayollar daftari” va “Saxovat va koʻmak jamgʻarmasi” hamda boshqa manbalar hisobidan 95,7 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan.
Muhokama jarayonida senator va deputatlar amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda mavjud kamchilik va muammolarga ham eʼtibor qaratdi.
Jumladan, viloyatda 2023-yil yanvar-sentyabr oylarida 439,1 ming kishining bandligi taʼminlangan boʻlsada, ayrim hududlar va sohalarda bu boradagi ishlar sust tashkil etilgan.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan uy-joyga muhtoj boʻlgan 225 nafar xotin-qizdan 75 nafari (33,3 foizi) uy-joy bilan taʼminlangan. Ayrim hududlarda uy-joy bilan taʼminlash masalasida sustkashlikka yoʻl qoʻyilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan tartibga muvofiq mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” jamgʻarmalariga mablagʻlar toʻliq ajratilmagan.
Majlisda Qashqadaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlash, shu jumladan yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash masalalarini mahallabay ishlash tizimi asosida oʻrganish hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarda tanqidiy muhokama qilish boʻyicha Senat aʼzolari tomonidan tavsiyalar berildi.
Majlis yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring