Qashqadaryo viloyat hokimining oʻrinbosari 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib toʻlaydi
Qashqadaryo viloyat hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rustam Yoʻldoshev jiddiy tanqidga uchradi.
U viloyat hokimligida oʻtkazilgan yigʻilish haqida ayrim tumanlarga xabar bermagan.
Tashkiliy masalaga eʼtibor qilmagani uchun Rustam Yoʻldoshev 3 oylik ish haqini davlatga qaytarib toʻlaydi.
Uning kotibiyat mudiriga esa hayfsan eʼlon qilindi.
Yigʻilishda Zoyir Mirzayev barcha tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi rahbarlari vazifasidan ozod etilib, 3 oylik sinov muddatida vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishini taklif qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring