Bir iste’molchi nomiga ikkita abonent raqami. G‘uzor TETK xodimlarining ko‘zini yog‘ bosganmi?

18:25 09 Iyul 2018 Jamiyat
2677 0
Illyustrativ foto

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Toshguzar qishlog‘ida yashovchi fuqaro X. Qo‘ldoshev tuman elektr ta’minoti korxonasi xizmatidan norozi bo‘lib, xonadoniga qo‘shimcha 102070047144-abonent raqami ochilganligi va ushbu abonent raqam orqali 5 127 827 so‘m qarzdorlik hisoblanganligi haqida yozgan arizasi G‘uzor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushdi.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan mazkur murojaat o‘rganildi. Aniqlanishicha,fuqaro xonadoni iste’molchi sifatida 102070047145-son bilan tuman korxonasida ro‘yxatga olingan va SЕ 102 10A-rusumli zavod raqami 008639065157726-bo‘lgan elektr hisoblagich orqali elektr energiyasidan foydalanib kelgan.

Iste’molchi sarf qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan, qarzdorlik mavjud bo‘lmagan. Biroq, tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari tomonidan iste’molchi bilan shartnoma va boshqa asoslovchi hujjat tuzmasdan fuqaro nomiga qo‘shimcha 102070047144-sonli abonent raqami ochilgan va asossiz 5 124 827 so‘m qarzdorlik hisoblangan.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot, axborot, jamoatchilik bilan ishlash va xorijiy aloqalar bo‘limi tomonidan ma’lum qilinishicha, ishda to‘plangan hujjatlarga asosida qo‘llanilgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha asoslovchi hujjatlar TETK ma’lumotlar bazasida mavjud emasligi sababli ta’minotchi korxona rahbariyati tomonidan xodimlarining e’tiborsizlik oqibatida ochilgan abonent raqami harakatdan to‘xtatilib, ushbu abonent raqami orqali hisoblangan5 124 827 so‘m qarzdorlik umidsiz qarzdorliklar ro‘yxatiga kiritilib, iste’molchi hisobidan chiqarilishi ta’minlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер