Qarzdor ona uyini hadya etdi

08:12 09 Iyul 2020 Jamiyat
868 0

Majburiy ijro byurosi Qorovulbozor tumani boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Kogon tumanlararo sudining 2010-yil 25-iyuldagi qarzdor Atoyeva Barno Baqoyevnadan undiruvchi Nurullayev Soxib Shodmonovich foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun oylik ish haqi va barcha turdagi daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud.

Qarzdor aliment majburiyatlarini toʻlashdan boʻyin tovlab kelganligi sababli jinoyat ishlari boʻyicha Qorovulbozor tuman sudining 2016-yil 15-iyuldagi hukmiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, jazo muqarrarligi taʼminlangan.

Qarzdor B.Atoyevaga aliment toʻlash tartibi boʻyicha huquq va majburiyatlari tushuntirilgan va javobgarlik qoʻllanilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.

Qarzdor B.Atoyeva bundan oʻziga tegishli xulosa chiqardi. Aliment ijro hujjatiga asosan hisoblangan 71 247 832 soʻmlik aliment toʻlovlaridan qarzdorligi uchun oʻgʻli R.Shodmonov nomiga Qorovulbozor tumani “Tinchlik” MFY A.Navoiy koʻchasidagi 6-uy 2-xonadonni notarius ishtirokida rasmiylashtirib berdi.

Ijro hujjati Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

Abdujabborbek Qahhorov,
MIB Qorovulbozor tumani
boʻlimi davlat ijrochisi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер