Qarshidagi issiqxona 119 mln soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida oʻtkazilgan reyd davomida 119 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, “Gʻudbin” MFYda yashovchi fuqaroning issiqxonasi koʻzdan kechirilganda, u loyiha-texnik hujjatlarisiz tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan rezina shlang orqali ulanib, gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 119 million 665 ming soʻmlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holat boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring