Qarshidagi bog‘ga 12 ming tup nihol ekildi
Foto: Xalq so'zi
Qashqadaryo viloyat hokimligi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi dorasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazildi.
Unda viloyatdagi sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar hamda faol yoshlar ishtirok etib, bog‘dagi daraxtlar sonini boyitishga o‘z hissasini qo‘shishdi.
Aksiya doirasida bog‘ hududiga 12 ming tupdan ortiq qrim sosnasi, mojjevelnik, pavlovniya, tut, gujum, aylant, yasin va terak kabi manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring