Qarshida yiliga 500 ming juft poyabzal ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona ishga tushadi

00:35 27 Fevral 2021 Iqtisodiyot
1470 0

Qarshi shahridagi charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Uzshus” masʼuliyati cheklangan jamiyatida ayni paytda 100 nafarga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Korxonada asosan maxsus ishchi poyabzallari, erkaklar, ayollar va bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarilmoqda. Yiliga bu yerda 150 ming juft poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilib, Rossiya hamda Qozogʻistonga eksport qilinmoqda. Oʻtgan yili chet elga 300 ming AQSH dollari miqdorida maxsus ishchi poyabzallari eksport qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov korxona faoliyati bilan tanishar ekan, mamlakatimizda charm-poyabzal sanoati jadal rivojlanayotgani bois, ichki bozorda raqobat juda kuchli ekanini, raqobatni faqat sifatli yuqori xaridorlar didiga mos dizayndagi oyoq kiyimlari ishlab chiqarish orqali yengib oʻtish mumkinligi xususida aytib oʻtdi.

Spiker oʻrinbosari “PREMIUM CAPITAL GROUP” MCHJ taʼsischiligida tashkil etilgan va joriy yil mart oyida ishga tushishi moʻljallanayotgan charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Oʻzbekiston - Belorussiya qoʻshma korxonasi faoliyatini oʻrgandi. Qoʻshma korxonaga loyiha qiymati 6 million AQSH dollari miqdoridagi Avstriya, Germaniya va Italiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar oʻrnatilgan.

Korxona ishga tushgach, yiliga 500 ming juft erkaklar, ayollar va bolalar poyabzallari ishlab chiqariladi, 520 nafar yangi ish oʻrni ochiladi.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер