Qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi

09:24 23 Avgust 2022 Jamiyat
906 0

Foto: Arxiv surat

“Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (464-son, 22.08.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, daraxt va butalarni kompensatsiya tarzida ekish daraxtlarni kesish uchun ruxsatnoma berish uchun yigʻimni yoki ularni noqonuniy kesganlik uchun jarimalarni toʻlashdan ozod qilmaydi.

Kompensatsiyaviy ekish joylari “Yashil bogʻlar” va “Yashil jamoat parklari”, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan boshqa hududlardan tanlanadi.

2022-yil 31-dekabrgacha qarovsiz qolgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi va yaqin hududdagi mulkdorlarga biriktiriladi.

Hokimliklar tomonidan 1-sentyabrgacha kuzgi va 1-fevralgacha bahorgi koʻchat ekish hajmlari boʻyicha manzilli dastur tasdiqlanadi.

Daraxt va butalarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy byudjetlar qoʻshimcha manbalarining 2 foizigacha mablagʻ ajratiladi.

Qaror bilan Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda daraxtlar va butalarni ekish uchun joylar tanlash, ularni ekish, sugʻorish, oziqlantirish va butalash tartibi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер