Qariyb 15,5 kg giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Tojikiston Respublikasining Soʻgʻd viloyati Panjikent tumanida yashovchi, 1970-y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, 1983 va 1984-yillarda tugʻilgan 2 nafar tanishi bilan oʻzaro til biriktirib, Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan
9 kg 530 gr “opiy” moddasini 55 ming AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.
DXX xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda Zomin tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa 1958, 1976 va 1985-yillarda tugʻilgan 3 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarolari ushlanib, ulardan 2 kg 986 gr. “gashish” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularni Dashtobod shaharchasidagi umumiy ovqatlanish maskanida kutib turgan, 1979-y.t. yana bir Tojikiston Respublikasi fuqarosi ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik vositasi ham Tojikistondan olib kelingan.
DXX Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Buxoro — Qashqadaryo” yoʻnalishida harakatlanayotgan, Buxoro shahrida yashovchi, 1982-y.t. shaxs boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina Muborak tumanidagi “Shirinbuloq” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.
Natijada avtomashinada u bilan birga kelayotgan hamshahari, 1998-y.t. fuqaroning yonida 973 gr. “geroin” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida, Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi dala maydoniga 1 kg 968 gr. “geroin” moddasi koʻmib qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositasi ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining joylardagi tergov boʻlimlari tomonidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring