Qandli diabet rivojlanish xavfi boʻlgan odamlar guruhi maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Endokrinolog, Yevropa tibbiyot markazi mutaxassisi Yelena Ostrovskaya qandli diabet rivojlanish xavfi boʻlgan insonlar guruhi haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, jismoniy faolligi past boʻlgan 45 yoshdan oshgan odamlar, homiladorlik paytida “homiladorlik diabeti” tashxisi qoʻyilgan ayollar, shuningdek, yaqin qarindoshi qandli diabet bilan ogʻrigan odamlar xavf guruhiga kiradi. Bundan tashqari, ortiqcha vazn ham ushbu xastalik rivojiga sabab boʻlishi mumkin.
“Ayollar shilliq pardalarning qichishishidan shikoyat qilib, ginekologga murojaat qilishadi hamda tekshiruv qondagi glyukoza darajasining oshishini aniqlaydi. Terining qichishi ham diabetning alomati boʻlishi mumkin”, deydi mutaxassis.
Qandli diabet, organizm insulinga sezgir boʻlib, hujayralar qondan shakarni soʻrib olishiga toʻsqinlik qilganda paydo boʻladi.
“Qandli diabetning alomati charchoqning kuchayishi, doimiy tashnalik va tez-tez hojatga borish boʻlishi mumkin”, dedi Ostrovskaya.
Endokrinolog kasallikning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun jismoniy faollikni saqlash, ovqatlanishni kuzatish, yetarlicha uxlash va qon shakar darajasini nazorat qilishni maslahat bermoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring