Qandahordagi masjidda amalga oshirilgan portlash qurbonlari soni va xunrezlik tashkilotchisi maʼlum boʻldi
Foto: AP
Afgʻonistonning Qandahor viloyatidagi masjidda amalga oshirilgan portlash oqibatida halok boʻlganlar soni 63 kishiga yetgan.
Xunrezlikni ISHID terrorchilari tashkiloti oʻz zimmasiga oldi. Maʼlum qilinishicha, xudkushlar Anas Xurosoniy va Abu Ali Baluchiylar masjidning turli joylarida boʻlgan.
«Bir terrorchi masjid yoʻlakchasida, ikkinchi xudkush esa portlovchi qurilmani bino markazida harakatga keltirgan», deyiladi ISHID bayonotida.
Oldinroq, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan hamda koʻplab insonlarning halok boʻlishiga olib kelgan navbatdagi terrorchilik harakatini keskin qoralab, bayonot bergan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring