Qanchalik koʻp mahsulot ishlab chiqarmaylik, eksport uchun kerakli shart-sharoitni yaratmasak, oʻzgarish boʻlmaydi — Prezident

17:29 18 Mart 2024 Siyosat
831 0

Prezident raisligida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni koʻpaytirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

“Bir haqiqatni aniq tushunib olish zarur. Inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini taʼminlash eksport bilan chambarchas bogʻliq.

Qanchalik koʻp mahsulot ishlab chiqarmaylik, eksport uchun kerakli shart-sharoitni yaratmasak, oʻzgarish boʻlmaydi. Shuning uchun, qanday tashabbus boʻlsa, barchasini eshitishga tayyorman”, — dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini eshitdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер