Qancha oʻzbekistonlik “Oltin daftar”ga kiritilgani maʼlum qilindi

01:55 06 May 2021 Jamiyat
1531 0

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Kabuljanov jurnalistlar uchun brifing oʻtkazdi.

Tadbirda joriy yilning yanvar-aprel oylarida bajarilgan ishlar va boʻlajak tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlar, jurnalistlardan kelib tushgan savollarga javoblar berilgan.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan muhim sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun ularning imkoniyatlarini jalb qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshish imkoniyatiga ega 484 nafar vatandoshlarimizni oʻz ichiga olgan “Oltin daftar” shakllantirildi.

Shuningdek, maʼlum qilinishicha, qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida 15 747 nafar fuqarolarimiz xorijiy mamlakatlarda ishga joylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер