“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi
Foto: «Qamchiqavtoyoʻl»
“Qamchiq” dovonida yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda “Qamchiqavtoyoʻl” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 14-iyul kuni soat 18:00 da Guliston—Boʻka—Angren—Qoʻqon va Andijon orqali Oʻsh avtomobil yoʻlida Toshkent—Vodiy yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl oʻrtasidagi temir toʻsiqqa urilgan va transport vositasida yongʻin sodir boʻlgan.
Foto: “Qamchiqavtoyoʻl”
Maʼlum qilinishicha, yoʻl transport hodisasi oqibatida kelib chiqqan yongʻin hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etilgan.
“Tan jarohati olganlar yoʻq. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring