“Qamchiq” dovonida yana bir mashina xandaqqa tushib ketdi
Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomobilni olib chiqdi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 4-aprel kuni A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlangan “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqqan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 3-aprel kuni ham “Qamchiq” dovonida shu kabi hodisa qayd etilgan edi. Xandaqqa tushib ketgan “Damas” avtomobili FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring