Qamchiq dovonida sodir boʻlgan YTHda piyoda halok boʻldi
Foto: Videodan kadr
A-373 Toshkent-Oʻsh avtomobil yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida odam oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, hodisa joriy yilning 11-oktyabr kuni soat 05:45 larda Qamchiq dovonining Namangan viloyati Pop tumani hududidagi qismida roʻy bergan.
Oʻsha kuni 28 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Toyota Prado” mashinasi yoʻlning belgilanmagan joyidan qatnov qismiga yugurib chiqqan piyodani urib yuborgan.
Oqibatda, 27 yoshli piyoda ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida halok boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring