“Qamchiq” dovonida qor yogʻmoqda
Ayni paytda “Qamchiq” dovoni avtomobil yoʻllarida qor yogʻmoqda. Havo harorati -1 daraja sovuqni tashkil etgan.
Xabarga koʻra, bugun kunduz kuni dovonda qor yogʻishi davom etadi.
Hozirda “Qamchiq” dovonidan oʻtgan avtomobil yoʻlini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Haydovchilardan oʻta ehtiyotkor boʻlishlari soʻralmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring