Qamchiq dovonida koʻmir tashuvchi avtomobil agʻdarilib ketdi
“Qamchiq” dovonida haydovchi boshqaruvni yoʻqotib qoʻyish oqibatida yuk mashinasi agʻdarilib ketdi, natijada YTH sodir boʻlgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
3-dekabr kuni soat 20:28da “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 197-kilometrida koʻmir olib ketayotgan “MAN” rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib qoʻygan, natijada avtomashina agʻdarilib ketgan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yetib kelib, salonda boʻlgan va turli ogʻirlikdagi jarohat olgan fuqarolarga yordam koʻrsatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring