“Qamchiq” dovonida YTHga uchragan haydovchi qutqarildi
“Qamchiq” dovonida “Honda” avtomobili kyuvet (xandaq)ga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 1-aprel kuni A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismida “Toshkent-Vodiy” yoʻnalishida harakatlangan “Honda” avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilishi oqibatida uni kesib oʻtgan va kyuvet (xandaq)ga tushib ketgan. Shundan soʻng hodisa boʻyicha “Qamchiq” maxsus-qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar berilgan.

Shunga asosan, zudlik bilan voqea joyiga qutqaruv otryadi hamda YPX xodimlari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqqan. Avtomobilda haydovchining faqat oʻzi boʻlgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring