“Qamchiq” dovonida “Cobalt” avtomobili xandaqqa tushib ketdi (+video)
“Qamchiq” dovonida “Cobalt” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq qismiga tushib ketgan. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur holat bugun, 16-iyun kuni soat 06:46 da A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida sodir boʻlgan.
Ushbu holat yuzasidan amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus-qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Murojaatga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, avtomobilda haydovchining oʻzi boʻlgan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring