Qamashida odamlarning qoʻy-qoʻzilarni boʻgʻizlab ketgan nomaʼlum hayvon oʻldirildi
Kecha, 14-may kuni Qamashi tumani «Boburtepa» mahallasi Pasttol qishlogʻida nomaʼlum hayvon mahalliy aholi vakillari tomonidan urib oʻldirildi. Bu haqda “Nasafnews” manbasi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, hayvon qishloqdagi qoʻy-qoʻzilarni koʻp marotaba boʻgʻizlab ketgan. Aholi esa buning sababini bilmagan.
Manba ushbu xabar yuzasidan «Boburtepa» mahallasi raisi Najim Norboyevdan qoʻshimcha maʼlumot oldi. Rais nomaʼlum maxluqni «Chupakabra» deb taxmin qildi.
“Qishloqda 10 talar qoʻzini yedi birinchi. Bizlar kuchuk yeganmi deb, ushlay olmay yurgandik. Fuqarolarimizdan birining hovlisiga kirganda, ushlab kecha hayvonni oʻldirishibdi”, – deydi rais.
Eslatib oʻtamiz, joriy yil mart oyining soʻnggi kunlarida Kasbi tumanida ham shunga oʻxshash voqea sodir boʻlgandi. Qoʻy va echkilarni boʻgʻizlab ketayotgan nomaʼlum hayvon odamlar tomonidan oʻldirilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring