Qashqadaryoda qalbaki diplom bilan 20 yildan ortiq maktabda ishlagan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tumani boʻlimi soxta diplom bilan koʻp yillardan beri maktabda ishlab kelayotgan oʻqituvchilarni aniqladi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ikki fuqaro — S.G. va B.A. oʻzlarining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan berilgan diplomlari qalbaki ekanligini oldindan bila turib, fuqaro S.G. Mirishkor tumanidagi 8-maktabda 1993 yildan 2018 yilga qadar boshlangʻich sinflar oʻqituvchisi, fuqaro B.A. esa 9- maktabida 1997 yildan 2018 yilga qadar jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlab kelgan.
Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.ga qalbaki diplomlarni yuqoridagi oliygohda oʻqituvchi boʻlib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring