Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

18:10 28 Dekabr 2023 Jamiyat
544 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston va Yangiyer shahri hamda Ishtixon tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda “L.S.”, “Sh.Gʻ.” MCHJ va “A.S.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkonlarida hech qanday hujjatsiz jami 1 189 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер