Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bogʻot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “M.O.” MCHJga qarashli savdo shoxobchasida 5 xil turdagi 902 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring