Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan shaxslar mol-mulk va yer soligʻidan ozod etiladi

20:11 15 Yanvar 2024 Iqtisodiyot
868 0

Qonunchilikka koʻra, umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran 3-yil muddatga, oʻrnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa – 10-yil muddatga quyidagilarni toʻlashdan ozod etilishi belgilangan.

— ushbu qurilmalar boʻyicha mol-mulk soligʻini;

— qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini;

— yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soligʻini.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер