Qayta ishlanayotgan «Uddaburon bolalar» filmining tizeri e’lon qilindi
Нетфлих «Uddaburon bolalar» franshizasini qayta ishga tushirmoqda va filmning ilk tizerini e’lon qildi. U «Uddaburon bolalar: Armageddon» deb nomlanib, 22 sentyabr kuni premera qilinadi.
Bosh rollarni Zakari Levi, Jina Rodriges, Everli Karganilla va debyutant Konnor Esterson ijro etgan. Syujetga ko`ra, kuchli kompyuter dahosi maxsus virus yordamida dunyoning barcha texnologiyalarini "qul" qilib oladi. Super agentlarning bolalari yovuz odamni to`xtatishi, ota-onalarini va butun sayyorani halokatdan qutqarishi kerak.
Eslatib o`tamiz, «Uddaburon bolalar» franshizasida 2001 yildan 2011 yilgacha jami 4 ta to`liq metrajli film e’lon qilingan. Unda rollarni Antonio Banderas, Karla Gujio, Deril Sabara va Aleksa PenaVegalar ijro etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring