Qaysi ichimliklar tishlarni yemiradi?

17:03 12 Avgust 2019 Jamiyat
2759 0

Illyustrativ foto

Shakar oʻrnini bosuvchi — ksilit, eritrit, steviya kabi sunʼiy birikmalar tish yemirilishiga sabab boʻlar ekan.

“International Journal of Environment and Health” jurnalining yozishicha, Polshaning Varshava tibbiyot universiteti xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot xulosasi shunday.

Avvalroq Avstraliyaning Melburn universiteti tadqiqotchilari tarkibida kislotali qoʻshimchalar (limon va fosfor kislotasi) boʻlgan ichimliklar tish emalini 30 — 50 foiz yumshatishini aniqlagan edilar. Bundan maʼlum boʻladiki, ularning shakarsiz turi ham shakarlilari singari tishlarga birdek zarar yetkazadi.

Shu oʻrinda bunday ichimliklarni ichish kerak emasmi, degan savol tugʻiladi. Shifokorlar ularni isteʼmol qilgandan soʻng darhol tish tozalamaslikni maslahat berishmoqda. Nega deganda, yumshagan tish emali qavatiga tish choʻtkasi zarar yetkazishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер