Qaysi hududda eng koʻp oilaviy korxonalar tashkil etilgan?

12:34 16 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
815 0

2020-yilning 11 oyida hududlar boʻyicha eng koʻp Surxondaryo viloyatida 3781 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 1-dekabr holatiga, respublika boʻyicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 16 540 tani tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 601 taga koʻpaygan. Oʻsish surʼati 38,5 foizga oshgan.

Eng koʻp yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar boʻyicha hududlar:

Surxondaryo viloyati – 3781 ta
Samarqand viloyati – 2486 ta
Fargʻona viloyati – 1432 ta
Andijon viloyati – 1373 ta
Xorazm viloyati – 1272 ta

Yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning sohalar boʻyicha soni:

Sanoat – 5299 ta
Savdo – 5178 ta
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 3260 ta
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 1715 ta
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 117 ta

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер