Qaysi “Covid-19”ga qarshi vaksina birinchi boʻlib bolalarda sinab koʻrilishi maʼlum boʻldi
Illyustrativ foto
“AstraZeneca” (Buyuk Britaniya va Shvetsiya) kompaniyasi va Oksford universiteti olimlari tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina 6 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalarga sinovdan oʻtkaziladi. Bu dunyodagi bolalarda sinab koʻrilayotgan birinchi vaksina hisoblanadi.
“Reuters” agentligi xabariga koʻra, ushbu sinovlar dori samaradorligini aniqlashga yordam beradi.
Tadqiqotda 300 nafar koʻngilli jalb qilinadi va sinov shu oyda boshlanishi kutilmoqda.
“AstraZeneca“ kompaniyasining ushbu ”AZD1222” nomli preparati vektorli vaksina boʻlib, tarkibida zaiflashtirilgan va zararsiz virus hamda “Covid-19” geni mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring