Qayroqqum suv ombori yorilgani rostmi?

09:38 15 Yanvar 2021 Jamiyat
2624 0

14-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir boʻlganligi toʻgʻrisida yolgʻon xabarlar tarqalgan. Ularga FVV matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Tojikiston FVV suv omborining ish faoliyati normal ish rejimida ekanligini maʼlum qilgan.

Aniqlanishicha, ushbu xabar Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uygʻotgan va ayrimlar oʻz yashash hududini tark etmoqchi boʻlgan.

Viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev tumanlarga yetib borib, aholiga xabar asossiz ekanligini maʼlum qilgan.

Barchadan yolgʻon mish-mishlarga ishonmaslik va sarosimaga tushmaslik iltimos qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер