Qadriyat, urf-odat, anʼana va yoshlar
“Mahalla” xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan joylarda xayriya tadbirlari oʻtkazish davom etmoqda. Jumladan, Yangiyoʻl shahri va tumanida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 10 nafar nuroniy onaxonga bayram sovgʻalari ulashildi. Ularning ayrimlariga nogironlik aravachasi, uy-roʻzgʻor yumushida zurur boʻladigan maishiy texnika vositalari berildi.
— Uzoq yillardan buyon ogʻir xastalikka chalinganman, — deydi Yangiyoʻl tumani “Boʻston” MFYda yashovchi 1-guruh nogironi Gulbahor Janberova. — Bayram arafasida koʻngil soʻrab kelishganidan sevinchim ichimga sigʻmayapman. Biz kabi imkoniyati cheklanganlar shaxsga koʻrsatilayotgan muruvvat va doimiy eʼtibordan mamnunmiz.
Nurafshon shaharida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Qadriyat, urf-odat, anʼana va yoshlar” shiori ostida tadbirlar va xalq sayli boʻlib oʻtmoqda.
Xalqimizning azaliy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan bayramga bagʻishlangan barcha tadbirlarda mehr-muruvvat asosiy mezon qilib olingan. Nurafshondagi tadbirlarda kam taʼminlangan oilalar farzandlarining sunnat toʻylari oʻtkazib berildi. Yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazilib, gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring