Qadring baland boʻlsin, ona tilim!

15:58 22 Oktyabr 2024 Jamiyat
288 0

Qudratilla NAJMIDINOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbek tili bayrami Namanganda ham munosib nishonlandi. Gullar shahridagi “Adiblar xiyoboni”da oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35-yilligi munosabati bilan tantanali tadbir uyushtirildi. Dastlab xiyobon oʻrtasidagi Boborahim Mashrab haykali poyiga gullar qoʻyildi. Shundan soʻng poytaxtdan kelgan bir qator taniqli adib va mahalliy ijodkorlar soʻz olib, davlat tilini yuqori pogʻonaga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

Bayram tadbiri viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan katta konsert va mushoira kechasi bilan davom etdi. Unda taniqli yozuvchi, shoir va publitsistlarga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va viloyat hokimligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Toʻraqoʻrgʻonda esa oʻndan ortiq tilni bilgan, olti tilli lugʻat yaratib, oʻzbek tilining umrboqiyligiga beqiyos hissa qoʻshgan Isʼhoqxon toʻra Ibrat majmuasida bayram tantanasi uyushtirildi. Tuman hokimligi, Namangan davlat chet tillar instituti, ijod maktabi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi va yana bir qator hamkorlar ishtirokidagi muloqotda Ibrat bobomizning tilshunoslikka qoʻshgan ulkan hissasi, u boshlab bergan anʼanalar izdoshlari ijodida izchil davom etayotgani haqida soʻz yuritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер