Qadimiy va navqiron Samarqand bagʻrida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulugʻvor meʼmoriy majmua butun xalqimizga muborak boʻlsin — Shavkat Mirziyoyev

20:36 23 Avgust 2022 Siyosat
1150 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida Xalqaro turizm markazining ochilishiga bagʻishlangan bayram tadbirida ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Xalqimizning aql-zakovati va fidokorona mehnati bilan bunyod etilgan ushbu majmua Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi yana bir salmoqli, zafarli natija boʻldi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Qadimiy va navqiron Samarqand bagʻrida qad rostlagan mana shunday zamonaviy, ulugʻvor meʼmoriy majmua barchamizga, butun xalqimizga muborak boʻlsin, buyursin!», dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.

Yiliga 2 million turistga xizmat qiladigan bu koʻp tarmoqli markaz tarkibida “Boqiy shahar” majmuasi, Kongress holl, 8 ta zamonaviy mehmonxona, amfiteatr va koʻplab boshqa obyektlar mavjud.

Markaz loyihasini ishlab chiqishda tajribali meʼmor va muhandislardan iborat xalqaro jamoa jalb etilgan. Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning yuksak malakali injener va texnik mutaxassislari qurilish jarayonida faol ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер