Endi abituriyentlar bir vaqtning o‘zida bir necha OTMga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladimi?

10:24 16 Iyul 2018 Jamiyat
2421 0
Arxiv foto

O‘zbekistonda abituriyentlar bir vaqtning o‘zida bir necha oliygohga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi. Bu 2021 yilgacha innovatsion rivojlantirish strategiyasi loyihada nazarda tutilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan strategiyani tasdiqlash bo‘yicha Prezident farmoni loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Strategiya loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir necha oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishga ruxsat berish masalasi alohida band bilan taklif qilingan.

Hozir bunga ruxsat yo‘q va shu bois o‘zbekistonlik abituriyentlar bir yil tayyorlanib, faqat bitta oliygohga kirish uchun hujjat topshirishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер