Putinning 2019-yilgi daromadlari eʼlon qilindi

10:28 15 Avgust 2020 Dunyo
975 0

2019-yilda RF prezidenti Vladimir Putin 9,7 million rubl ishlab topgan. Bu haqda Kreml saytida maʼlumotlarga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu davlat rahbarining 2018-yildagi daromadi esa 8,6 mln. rublga teng boʻlgan.

Deklaratsiyaga koʻra, Putinning 77 metr kvadrat maydondagi kvartirasi va garaji, foydalanish uchun avtomobil qoʻyiladigan joyi(18 m.kv) bilan yana bir kvartirasi(153,7 metr kvadrat) bor.

Shular bilan bir qatorda u “GAZ M21” rusumidagi ikkita, bitta «Niva» avtomobili va “Skif” tirkamasiga ham ega.

Oʻz navbatida bosh vazir Mixail Mishustin 2019-yilda, hukumatga kelgunga qadar 18,2 mln. rubl(2018-yilda 18,9 mln. rubl) ishlab topgan.

Maʼlumki, Mishustin 2010-yildan 2019-yilga qadar Federal soliq xizmatini boshqargan. Bungacha esa bir necha yil biznes sohasida faoliyat yuritgan va davlat ishiga oʻtishidan oldin barcha aktivlarini turmush oʻrtogʻi hisobiga oʻtkazgan.

RF Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari, sobiq bosh vazir Dmitriy Medvedev 2019-yilda 11 mln. rubldan ortiq, 2018-yilda esa 9,9 mln. rubllik daromadlarini deklaratsiya qilgan.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov oʻtgan yilda 14,6 mln. rubldan ortiq, turmush oʻrtogʻi taniqli figurali uchish ustasi Tatyana Navka esa 235,9 mln. rubldan ortiq pul topgan.

2018-yilda Navka Rossiyadagi ikkita yer uchastkasi, ikkita turar joy, uchta kvartira va avtomobil turadigan joyni deklaratsiyaga kiritgan. Olimpiya chempioni, shuningdek, Mercedes rusumidagi ikkita avtomobil va motoyoʻltanlamas sohibidir. 2017-yilda uning hisobida AQSHdagi kvartira hamda Lexus avtomobili bor edi. Oxirgi deklaratsiyada ular endi Navkaga tegishli emasligi maʼlum boʻldi. Ularning taqdiri nomaʼlum.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер